• Телефон:+99871 239-40-42
  • Манзил: Мирзо Улуғбек т-н, Мирзакалон Исмоилий к. 1Г-уй
  • Ишонч телефони: 1146
  • Иш кунлари: Душанба-Жума, 9:00-18:00
Меню

«Yashil maydon malikalari» sport musobaqalari nihoyasiga yetdi

24-27 sentyabr kunlari Namangan shahridagi «Barkamol avlod» sport majmuasida mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga etkazish, xususan, qizlarni sportga jalb etish, ular o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamkorligida 17-30 yoshdagi xotin-qizlar o‘rtasida «Yashil maydon malikalari» sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqaviy bosqichlar g‘olibi bo‘lgan 4 jamoa - Samarqand, Xorazm, Namangan va Toshkent viloyatlari jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

O‘yinlar 2 kun davom etdi. Dastlab maydonga Samarqand va Xorazm viloyati jamoalari tushdi va omad samarqandlik qizlarga nasib etdi. Shu kungi navbatdagi o‘yinda Namangan va Toshkent viloyatlari jamoalari maydonda to‘p surishdi. Ikkinchi kuni bo‘lib o‘tgan ikki o‘yindan so‘ng musobaqa g‘oliblari aniqlandi.

Toshkent viloyati jamoasi 1-o‘rinni egallab musobaqaning mutloq g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, Samarqand viloyatining yashil maydon malikalari 2-o‘rinni egallashdi. Namangan viloyati jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.

- Jamoamiz a’zolari sportchi bo‘lishmasa-da, sportga, aynan futbolga mehri baland xotin-qizlardan tashkil topgan, - deydi, Xorazm terma jamoasi a’zosi Dilnoza O‘tanova. - G‘alaba uchun astoydil kurashgan bo‘lsak-da, to‘rtinchi o‘rin nasib etdi. Nasib etsa, kelgusi yilgi musobaqalarda raqiblarimizni engib, murabbiyimiz Sanjarbek Zaripovning ishonchini oqlaymiz. Musobaqada qatnashganimizdan nihoyatda xursandmiz. Maftunkor Namangan shahrida bizni iliq kutib olishdi, yaxshi dam olishimiz, musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Buning uchun ochiqko‘ngil va samimiy namanganliklarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Tantanali taqdirlash marosimida g‘olib jamoa va barcha musobaqa ishtirokchilarga Namangan viloyat hokimligining diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari (32-ekranli Artel Televizori, Artel duxovka pech, Artel Chang yutgich har bir uyinchiga qadoqlangan sochiq to‘plami va sport qo‘mitasidan yuborilgan dazmol, sport kiymlari, serviz tuplamlari) topshirildi.

 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Matbuot xizmati

 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech