• Телефон:+99871 239-40-42
  • Манзил: Мирзо Улуғбек т-н, Мирзакалон Исмоилий к. 1Г-уй
  • Ишонч телефони: 1146
  • Иш кунлари: Душанба-Жума, 9:00-18:00
Меню

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida «Go‘zallik jilosi» tikuvchilik korxonasini ochilish marosimi to‘g‘risida

2018 yilning 9 yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tumanidagi Jamoatchilik markazida “Go‘zallik jilosi” tikuvchilik korxonasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

“Go‘zallik jilosi” tikuvchilik korxonasining ochilish tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Narbaeva, Yoshlar ittifoqi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari D.Kattaxanova, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpiboeva, viloyat prokurori v.b. A.Karaev, “Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi X.Hamidov, Oqqo‘rg‘on tumani hokimi F.Omonov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oqqo‘rg‘on tumanida 909 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar istiqomat qiladi, ulardan 572 nafari ayollarni tashkil etadi. Ulardan turmush sharoiti og‘ir, nogironligi bo‘lgan 54 nafar xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirildi, ularning bandligini ta’minlash hamda turmush sharoitini yaxshilash, ularni jamiyatni to‘laqonli a’zosiga aylantirish maqsadida viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Toshkentpaxtasanoat” hududiy bo‘limi, tuman xokimligi tomonidan 30 o‘rinli“Go‘zallik jilosi” tikuvchilik korxonasi tashkil etilgan.

Ushbu korxonaga nogironligi bo‘lgan, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 30 nafar xotin-qizlar “Toshkentpaxtasanoat” hududiy filialiga kasanachilik asosida ishga qabul qilindi.

Tadbir davomida Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Narbaeva tikuvchilik korxonasiga ishga kirgan xotin-qizlar bilan suhbatlashar ekan, ularning turmush sharoiti, oila a’zolarining bandligi, muammolari haqida yaqindan tanishdi. Ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalarni belgiladi.

Shuningdek mazkur ishlar respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech