Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

 

 

Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan bir sifatida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan:

 

– Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlarni davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalarga qabul qilish tizimi joriy etildi. Natijada mazkur imtiyoz asosida 2020-2023-yillar davomida 7 mingga yaqin xotin-qizlar davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi;

 

– 2022-2023-o‘quv yilida magistraturada o‘qiyotgan 14 300 nafardan ziyod talaba qizlarning 190 mlrd. so‘mdan ortiq kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi;
 

– Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili oliy ta’lim muassasalariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etildi. Natijada 2022-2023-yillarda ming nafarga yaqin xotin-qizlar to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalarga o‘qishga qabul qilindi;

 

– OTMlarda o‘qiyotgan 181 ming 500 nafardan ziyod talaba xotin-qizlarga 7 yil muddatga 2 trln. 135 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorida foizsiz ta’lim krediti ajratildi;
 

– Shu kunga qadar 890 nafar xotin-qizlar fan doktori (DSc) va 4 475 nafar xotin-qizlar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritdi;

 

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olgan yoshlarning 47 foizini qizlar tashkil etmoqda;

 

– So‘nggi 5 yil ichida ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 205 ming nafardan oshdi. 2023-yilda 279 mingdan ziyod tadbirkorlik loyihalariga 13 trillion so‘mdan ortiq kredit, qariyb 57 ming nafar xotin-qizga salkam 300 milliard so‘m subsidiya ajratildi. 200 mingga yaqin ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. 400 mingdan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi;

 

– Xotin-qizlarga ajratilgan 6 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari hisobidan 25 mingdan ziyod oilalar o‘z uyiga ega bo‘ldi. 6 ming 200 nafar ayolga uy-joy sharoitini yaxshilash va kreditning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun 200 milliard so‘m subsidiya ajratildi;

 

– Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni davlat himoyasiga olish, himoya orderi berish mexanizmi yaratildi. 2021-2023-yillar davomida 125 mingga yaqin xotin-qizlar davlat himoyasiga olindi va himoya orderi berildi;

 

– Ayollarni moslashtirish va reabilitatsiya qilish markazlari va “Ijtimoiy maslahatxona”lar orqali 2022-2023-yillar davomida 33 245 nafar ruhiy tushkun holatdagi xotin-qizlarga maslahat va tavsiyalar berilib, ijtimoiy yordam ko‘rsatildi;

 

– Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli sohalarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni rag‘batlantirib borish maqsadida ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan shu kunga qadar 452 nafar xotin-qizlar taqdirlandi;

 

– Xotin-qizlarning muammolarini “fuqarobay” hal etish va ularni rozi qilishga qaratilgan “Ayollar daftari” tizimi yaratildi. “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 1-2-3-4-bosqichida jami 3 397 492 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar ko‘rsatildi va ushbu ishlarga 4,4 trln so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi;

 

– Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 519 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar 13 mrld. so‘mlik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi. 2 137 nafariga jarrohlik amaliyotlari va davolanish xarajatlari uchun 35,5 mrld. so‘mlik mablag‘ ajratildi;

 

– Xususiy sektorda band bo‘lgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini minimal iste’mol xarajatlarining miqdoridan kelib chiqib, byudjet mablag‘laridan to‘lab berish tartibi yo‘lga qo‘yildi. 2022-2023-yillarda 15 875 nafar ayolga 31,6 mlrd.so‘mdan ortiq homiladorlik va tug‘ish nafaqasi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan to‘lab berildi.

 

Olib borilayotgan ishlar natijasida:

 

O‘zbekiston milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMTning tavsiyalariga mos darajaga yetib, mamlakat parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha “Siyosatdagi ayollar” reytingida dunyodagi 190 ta milliy parlamentlar o‘rtasida 52-o‘rinda bormoqda.

 

Jahon bankining joriy yilda e’lon qilgan indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi.

Xususan, Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksining 2024-yilda e’lon qilingan hisobotida dunyoning 190 ta davlati orasida mamlakatimizda mehnat munosabatlari va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan islohotlar muvaffaqiyatli deb topilgan. O‘zbekiston bu borada yaxshi natijaga erishgani e’tirof etilgan.

2023-yilda O‘zbekiston Ochiq gender ma’lumotlar indeksida 69,7 ball to‘plagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i (SDSN) va xalqaro ekspertlar tomonidan 2023-yilda shakllantirilgan SDG index hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 166 ta mamlakat orasida 71,1 indeks bilan reytingidagi mavqei 8 pog‘onaga ko‘tarilib 69-o‘rinni egalladi.

Open Data Watch tashkilotining “Gender Data Compass” reytingida 2023-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 37 ball to‘plagan holda 185 ta mamlakat orasidan 56-o‘rinni egalladi.