1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi Taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan va daromad manbaiga ega boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
2) tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar — bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
3) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar — boquvchisi vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi boʻlgan hamda doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan, bedarak yoʻqolgan (sud qaroriga asosan) ehtiyojmand xotin-qizlar, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolgʻiz onalar (FHDYo organlarining maʼlumotnomasi asosida);
4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — mehnatga layoqatsiz, oʻzgalar parvarishiga, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi boʻlmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam boʻlgan), biroq oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʻlmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
6) qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar — nogironligi boʻlgan voyaga yetmagan (I guruh nogironligi boʻlgan farzandi yoshidan qatʼiy nazar) farzandini bevosita parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar.
Bunda «Ayollar daftari» roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlar yuqoridagi toifalardan faqat biriga kiritilishi mumkin.