Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59
2023-11-30 Brifing 540

 

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyusiyasi bilan 25 noyabr – xalqaro “Ayollarga nisbatan zо‘ravonlikka barham berish kuni” sifatida belgilangan.  Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida, shu jumladan, mamlakatimizda  25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zо‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar о‘tkaziladi.

Joriy yilda ham “Zо‘ravonlikka qarshi 16 kun” umumiy shiori ostida “Xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zо‘ravonlikning oldini olishda faollik kо‘rsating!” mavzusida turkum tadbirlar о‘tkazilmoqda.

Ertaga - 1 dekabr kuni “О‘zbekistonda xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zо‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida  Respublika konferensiyasi о‘tkaziladi, yakunlari bо‘yicha ayni boradagi ishlar natijadorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Xotin-qizlarning haq-huquqlarini ta’minlash, ularni zо‘ravonlikdan himoyalashga qaratilgan ishlar muayyan vaqt va tadbirlar bilan chegaralanmaydi, balki О‘zbekistonda fuqarolarni zо‘ravonlikdan himoyalash, har qanday zо‘ravonlikka munosib jazo tayinlash milliy qonunchiligimizda, jumladan, О‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tо‘g‘risida” 2019 yil 2 sentabrdagi gi 561-son Qonuni hamda Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida” 2023 yil 11 apreldagi 829-son qonuni bilan qat’iy belgilab qо‘yilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki,  829-son Qonunda 5 ta kodeks, 10 ta tegishli qonunlarga qator qо‘shimcha va о‘zgartirishlar kiritib, qonunchilik takomillashtirilgan.

Shu ma’noda joriy yilning 10 oyi davomida 32 014 nafar xotin-qizlar himoya orderi berish orqali davlat himoyasiga olindi.  Shu orqali jumladan, 14 296 ta oilani yarashtirishga, 16 843 ta nizoni bartaraf etishga erishilgan. Nizo bartaraf etilmagan 1 444 ta oilada zо‘ravon shaxslarni tuzatish dasturidan о‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

 8 527 ta himoya orderlari bо‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

             Ma’lumki, joriy yilning 10 oyi davomida 41 583 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgan. Joylarda ajrimlarning oldini olish maqsadida mahallalarda “Nizoli oilalar bilan individual ishlash tartibi” joriy etildi. 9 442 ta mahallalarda faollar, “Oqila ayollar harakati” a’zolari, jamoatchilik vakillari xamkorlikda nizoli oilalar bilan yakka  tartibda ishlash orqali  24 193 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardan 20 265 nafari yarashtirildi.

             “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti  tomonidan ajrim sabablari о‘rganilib, ularni bartaraf etish bо‘yicha 10 dan ortiq yо‘riqnomalar, tarqatma materiallar ishlab chiqilib, ushbu qо‘llanmalardan oilada sog‘lom muhitni shakllantirishda foydalanilmoqda.

             Qо‘mita tomonidan “О‘zbekiston” telekanali bilan xamkorlikda “Oila olami” kо‘rsatuvi joriy qilinib,  aynan oilalarni mustahkamlashga qaratilgan mavzular qamrab olinmoqda.

             Xotin-qizlarni kasbga о‘qitish orqali ular bandligini ta’minlash, shu orqali oilalarni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu ma’noda hududlardagi “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tomonidan 2023 yilning 10 oyi davomida 90 336 nafar  ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga va tadbirkorlikka о‘qitildi. Ularning 29 921 nafari о‘zini о‘zi band qilib, shundan 12 585 nafari imtiyozli kreditlar bilan ta’minlandi. 7 188 nafar xotin-qizlar о‘z biznesini boshlash maqsadida tadbirkor sifatida davlat rо‘yxatidan о‘tib, ularning 4 373 nafariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratildi. 26 838 nafar xotin-qizlarimiz doimiy ish о‘rinlariga joylashtirildi.